30 июля 2014 г. - 4 +

Umr

Umrim kema misol daryoda, Lahza imkon bermay suzadi. Turfa oqim to’la har yoqda, Men behabar reja tuzadi. Qish keladi qahraton solib, Bardosh yetar bo’lsa qalb qaynoq. Umrim hazon kabi kuz kelib, Ba’zan chiqar yo’lda chin o’rtoq. Yoz taftida kuydirar borim, Bahor kelsa, gul to’la yo’lak. Xuddi bulbul aylagan zorim, Bahor taqqan sochga jamalak Bahor xuddi yoshlik timsoli, Xushbo’y, mayin ifor yeladi. Tinch daryoda kema misoli, Bahor bilan qolgim keladi!

Izohlar (0) Izohlash

    Добавить комментарий

    Bekor qilish Ilova qilish
      Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit