30 июля 2014 г. - 4 +

Dil

Yomg`ir quydi tinmayin oqshom, Shahar jimjit ,chiroq mo`ltillar. Bulut suzdi, ko`kda beorom, Go`yo dardin aytmayin yig`lar. Meni o`ylar chulg`aydi shu dam, Ne azobdan qiynalar qalbim. Buncha sirli bo`lmasa olam, Hech odamzod tushunmas dardim. G`ashlik chulg`ar butun vujudim, Bo`y sunishni istamas yurak. Yemirilgan go`yo sovutim, Menga kerak ,beg`araz ko`mak. Nelardandir ezilar ko`ngil, Qalbim so`rar o`ziga sirdosh. Qo`y o`kinma, nozligim ,ey dil… Ertan albat chiqadi ,Quyosh!

Izohlar (1) Izohlash

    Добавить комментарий

    Bekor qilish Ilova qilish
      Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit