30 июля 2014 г. - 1 +

Sinfdosh

Kechagina tanimasdim seni xatto, Bugun esa qalbimdasan o’zing tanho. Ayrilmoqni istamasman aslo-aslo, Baxtli bo’l bir umr aziz sinfdosh. O’sha damlar ko’z oldimda turar hamon, Ko’p urushdik,ammo bo’ldik biz mehribon. Sog’inaman, sog’inaman juda yomon, Baxtli bo’l bir umr aziz sinfdosh. Bir bor esla kelganida go’zal bahor, Senga baxt tilar sinfdosh qiz Gulbahor. Xushchaqchaq kulib yur, g’amga botma zinhor, Baxtli bo’l bir umr aziz sinfdosh. Dil so’zlarim she’rga soldim, qo’lda qalam, Yo’llarimiz ayroligi qildi alam. Bir kuni unutarsan hatto meni ham, Baxtli bo’l bir umr aziz sinfdosh. Endi beg’ubor bolalik bizdan yiroq, Ex,do’stginam kuyunma, kuyunma biroq. Do’stlik uchun chalinmas so’ngi qo’ng’iroq, Baxtli bo’l bir umr aziz sinfdosh.

Izohlar (0) Izohlash

    Добавить комментарий

    Bekor qilish Ilova qilish
      Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit