30 июля 2014 г. - 7 +

Bitiruvchi sinf o’quvchilari

Kecha quvonch ila qo’ygandi qadam, Bugunchi mehmon u, ko’zlarida nam. O’ktam o’g’lonlar-u, qoshlari qalam, Bitiruvchi sinf o’quvchilari. Ustozlari baxtiga duo qilgan Odob nasifatni quloqqa ilgan. Maktabining qadrini endi bilgan, Bitiruvchi sinf o’quvchilari. Shirin hotiralar qolmoqda faqat. Kimgadir nasib bo’ldi sof muhabbat. Bu damlarni esda saqlar to abat, Bitiruvchi sinf o’quvchilari. Endi ko’zlar, endi so’zlar aldamas, Endi vaqt ham, hattoki joy tanlamas. Bir-biridan ayrilishni istamas. Bitiruvchi sinf o’quvchilari. Keng hovlida maktab binosi turar. Kim ulgurmas, yana kimdir ulgurar. So’ngi bora bir ko’ray deb yugurar. Bitiruvchi sinf o’quvchilari. Bolalik ham o’tib ketmoqda bebosh, Vaqt to’xtamas nega buncha bag’ri tosh?! Ayriliqdan ko’zda qalqib turar yosh, Bitiruvchi sinf o’quvchilari. So’ngi bor chalinar, so’ngi qo’ng’iroq, Endi kim hursand-u, kim uyar qovoq. Ayrilmaymiz deb ont icharlar, BIROQ, Bitiruvchi sinf o’quvchilari.

Izohlar (2) Izohlash

    Добавить комментарий

    Bekor qilish Ilova qilish
      Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit