30 июля 2014 г. - 12 +

Mehr

Dunyoni but tutguvchi,

Mehr-oqibat asli.

Shu mehrdan yaralgan,

Barcha mahluqot nasli.

Qaysiki odam bo’lsin,

Yo biling-ki hayvonot.

Farzandiga mehrli,

Farzand ila ko’ngli shod.

Yerni yaratgan robbim,

Unga baxsh etmish hayot.

Ezgulik ila banda ,

Har nedan topmish najot.

Ollohim o’z mehrini,

Taqsim etibdi yuzga.

Birin dunyoga sochib,

So’ngin olibdi o’zga.

To’qson to’qqiz mehrni,

Qiyomatga asrabdur.

Robbim bizni maxshar kun,

Imtihonga tashlabdur.

Bu mehrni ul kunda,

Faqat iymon ochadi.

Iymonsiz kofirlarga,

Do’zax o’tin sochadi.

Izohlar (0) Izohlash

    Добавить комментарий

    Bekor qilish Ilova qilish
      Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit