She'riyatning ajib makoniga xush kelibsiz

Mavzu yaratish
30 июля 2014 г. - 2 +

USTOZ — OTANGDAY ULUG‘

Ustoz — otangday ulug‘, ustoz qadami qutlug‘, Ustozning har kalomi ilmu hikmatga to‘lug‘, Ustozning dili ravshan, ustoz makoni yorug‘, Unib chiqar, albatta, ustoz tashlagan urug‘, Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘. Temur bosh qo‘ydi mangu ustozining poyiga, Ustoz o‘xshar olamning Quyoshiga, Oyiga, Bilim nuri yog‘ilar qadam qo‘ygan joyiga, Yo‘llar adolat, vafo, muhabbat saroyiga, Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘. Ota-ona farzandni keltira
30 июля 2014 г. - 2 +

O’zbegim qizi

Hayotning yoqrin durchasi, Labi atirgul g’unchasi. Ko’zlari ohu misoli, Nomi muhabbat timsoli. Ibo bilan qadam tashlar, Ketar chog’i ko’zin yoshlar. Maqtovga loyiq har ishda, Muloyim sirli farishta. Minnat qilmas hech bir ishin, Chidar tishga qo’yib tishin. Go’zallikda yetolmas oy, Sochi to’lqinli oqar soy. Qalbida mehr shodasi, Saroyning parizodasi. Ko’nglida sehrli tilsim, Buni butun dunyo bilsin. Jussasi nozik nihol-u, Bardoshi toshdan ham qattiq. Sevinchi begard zilol-u, Va
31 июля 2014 г. - 2 +

Ko’ngil uchun

Hamma sizga mehr ila boqmasa ham, Ariq suvi daryodayin oqmasa ham, Kaminaning latifasi yoqmasa ham, Ko’ngil uchun kulib qo’ying, ko’ngil uchun. Topgan gul keltirar topmagan bog’ piyoz, Sovg’amiz ham yoqmaganda sizga biroz, Ko’nglimizdan yana yagona iltimos, Ko’ngil uchun olib qo’ying, ko’ngil uchun. Do’stingiz boshiga taqdir kulfat solsa, Qo’shningizga bir bor berib, ming bor olsa, Dushmaningiz tasodifan o’lib qolsa, Ko’ngil uchun yig’lab qo’ying, ko’ngil uchun.
3 августа 2014 г. - 0 +

Urushdan xat

Sevinchingdan to`lar olam, Deysan omon ekan bolam. Xudoga yetibdi nolam, O`g`lingdan xat kelgan kun. Bunda o`ksik ko`ngling xush, Yurak erkin uchar qush. Sendan qo`rqar yomon tush, O`g`lingdan xat kelgan kun. Qalbingda porlar quyosh, Erib ketar xatto tosh. Ko`zing to`la qalqir yosh, O`g`lingdan xat kelgan kun. Yaxshiman sog`man ota, Padar, ishonar – sodda. Farzand qo`ltiq tayoqda, O`g`lingdan xat kelgan kun. Bularning aksi bo`lar , Hayoting bog`i so`lar . Umring mazmuni o`lar, O`g`lingdan
4 августа 2014 г. - 1 +

She'r ishqi

Buncha she'rga berilding deb meni koyimang, She'r mehriga payvandlangan yuragim mening. Insoniyat tuyg'usiga izlamasam rang, Nazarimda dunyoga yo'q keragim mening. Oson emas tushunmoqlik she'riyat sirin, Yaratmoqlik esa undan minba'd qiyindir. She'rlarimda parcha-parcha umrim yashirin, Ey tabiat, orzuga elt, ko'nglim suyuntir! She'r san'atin quli bo'lmoq orzuyim mening. Arzigudek xizmat etsam, baxtim shundadir. Misralarda jilg'alansin bor o'yim mening, Shu maqsadda yo'l tortarman kun-u tun dadil
Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit