She'riyatning ajib makoniga xush kelibsiz

Mavzu yaratish
30 июля 2014 г. - 6 +

DUSHMAN

Do’sting bo’lib, seni sotgan, Sotqilarga hushim yo’q. Ko’rmay qo’lsang toshlar otgan, Qallob bilan ishim yo’q. Xuzuringda tinmay maqtab, G’animga sir ochadi. Omad kulganda baxt tilab, Poyingga gul sochadi. Ko’rolmaydi hasad qilar, Sendagi bor narsangga. Yiqilishing maqsad bilar, Choh qaziydi hassanga. Hursand bo’lsang kuyib ketar, G’amga tushsang yayraydi. O’lsang, mozor sari eltar, Qalbi xursand, yig’laydi. Bilar barcha kam-u ko’sting, Senga qarshi tomondir. Ey ins
30 июля 2014 г. - 5 +

Vatan

Qalbimdagi ohim Vatan, Yuragimda borim Vatan, Agar bulbul chaman desa, Odam albat degay Vatan. Seni yonib sevay, Vatan, Mehring qo’shiq qilay Vatan. Alpomishlar asrar seni, To’maris qo’llaydi meni, Shirog’ing “bo’sh kelma” deydi, Asragin mehnatkash elni. Seni yonib sevay,Vatan, Mehring qo’shiq qilay Vatan. Osmonlardan kelgay sado, Qora bulut suzmas aslo, Vafodor xalqingdan yurtim, Qo’rqar hatto qirg’in, balo. Seni yonib sevay, Vatan, Mehring qo’shiq qilay Vatan. Dildan j
30 июля 2014 г. - 4 +

Jannat

Mo’ysafit bir otaxon, Arabistonda mehmon, Yurtni juda ko’p kezdi, Yurtin qadrini sezdi. Savol so’rdi bir mezbon, Qandaydir O’zbekiston, Fikrin bir joyga to’plab So’z boshladi choy xo’plab. -Mahallam boshi buloq, Yigitlar chopar uloq. To’rt fasl teng har vaqtda, To’kin-sochinlik naqt-da. Bir tomon viqorli tog’, Bir tomon chamanzor bog’. Taratar muattar bo’y, Yurtda kecha-kunduz to’y. Uyim to’rida xovuz, Bog’ to’la qovun-tarvuz. Har uyda yangrar navo, To’r
30 июля 2014 г. - 2 +

Shekspir

Hamlet kirar tushimga, Ofeliya ko’zda yoshi. Kelolmasman hushimga, Kirsa qirolning boshi. Nahot ular ko’rmaydi, Bo’lib turgan ishlarni. Shekspirdan so’rmaydi, Qilgan ne qilmishlarni. Qirol bo’lmay o’lsin-a, O’z akasin o’ldirib . Endi o’zdan ko’rsin-a, Paymonamni to’ldirib. Molga o’ch bo’larkan-da, Ko’zin shira bosganlar. Oxiri o’larkanda, Haqni dorga osganlar. Endi ne bo’lsa bo’lsin, Shekspir yozganicha. Zolim til tortmay o’lsin, Aqldan ozganicha . Hech
30 июля 2014 г. - 2 +

Onamga xat (Madinaga)

Bir nima bor bugun bo’g’zimda, Tiqiladi, yutunaman jim. Achchiq yoshim qalqir ko’zimda, Ayting dardim eshitadi kim. Bu dunyodan izlaganim baxt, Baxtni sizla ko`rardim baham. Bugun ketar karvoninggiz taxt, Bundan ortiq bormi qayg`u – g`am. Yurak sizni qumsaydi hamon, Endi yolvorishlar foydasiz. Qayda – qayerdasiz Onajon… Sog`inib Madina qizingiz.
30 июля 2014 г. - 3 +

Xolajon

Ex, sizga havas qilganlar ko`p, Ezgu niyatlar qilibsiz xo`p. Bugun odam yig`ilgan to`p – to`p, Qayerlarga ketyapsiz tashlab. Sizga o`xshash orzuyim edi, U xush damlar afsus tush endi. Barcha yig`lab shu so`zni dedi, Qayerlarga ketyapsiz tashlab. Boshimizdan uchdi humo qush, Bu kun quvonch , qolibdi homush. Sizsiz bizga keng dunyo tormush, Qayerlarga ketyapsiz tashlab. Kunduzimiz bo`ldi qaro tun, Siz – chi JANNAT nafasin tuying. Oldingizga boraman bir kun, Yoninggizdan joy olib qo`ying…
Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit