She'riyatning ajib makoniga xush kelibsiz

Создать тему
30 июля 2014 г. - 18 +

Aziz Ustozim

Jajji qo’llarimga ilk dam,

Asta ushlatdingiz qalam.

Dunyoni olib bersam kam,

Sizga, aziz Ustozim.

Har lahza berdingiz ta’lim,

Ko’p ranjitdisizni balkim.

Bugun ta’zimdadir qalbim,

Sizga, aziz Ustozim.

Ba’zan aytardingiz ertak,

Qilardik ko’p ezgu tilak.

Yashashni o’rgandi yurak,

Sizdan, aziz Ustozim.

Ba’zan otdik qalbizga tosh,

Kechiring, biz edik bebosh.

Har gal bo’loldingiz s

30 июля 2014 г. - 12 +

Mehr

Dunyoni but tutguvchi,

Mehr-oqibat asli.

Shu mehrdan yaralgan,

Barcha mahluqot nasli.

Qaysiki odam bo’lsin,

Yo biling-ki hayvonot.

Farzandiga mehrli,

Farzand ila ko’ngli shod.

Yerni yaratgan robbim,

Unga baxsh etmish hayot.

Ezgulik ila banda ,

Har nedan topmish najot.

Ollohim o’z mehrini,

Taqsim etibdi yuzga.

Birin dunyoga sochib,

So’ngin olibdi o’zga.

To’qson to’q

30 июля 2014 г. - 7 +

Bitiruvchi sinf o’quvchilari

Kecha quvonch ila qo’ygandi qadam, Bugunchi mehmon u, ko’zlarida nam. O’ktam o’g’lonlar-u, qoshlari qalam, Bitiruvchi sinf o’quvchilari. Ustozlari baxtiga duo qilgan Odob nasifatni quloqqa ilgan. Maktabining qadrini endi bilgan, Bitiruvchi sinf o’quvchilari. Shirin hotiralar qolmoqda faqat. Kimgadir nasib bo’ldi sof muhabbat. Bu damlarni esda saqlar to abat, Bitiruvchi sinf o’quvchilari. Endi ko’zlar, endi so’zlar aldamas, Endi vaqt ham, hattoki joy tanlamas. Bir-biridan
30 июля 2014 г. - 1 +

Sinfdosh

Kechagina tanimasdim seni xatto, Bugun esa qalbimdasan o’zing tanho. Ayrilmoqni istamasman aslo-aslo, Baxtli bo’l bir umr aziz sinfdosh. O’sha damlar ko’z oldimda turar hamon, Ko’p urushdik,ammo bo’ldik biz mehribon. Sog’inaman, sog’inaman juda yomon, Baxtli bo’l bir umr aziz sinfdosh. Bir bor esla kelganida go’zal bahor, Senga baxt tilar sinfdosh qiz Gulbahor. Xushchaqchaq kulib yur, g’amga botma zinhor, Baxtli bo’l bir umr aziz sinfdosh. Dil so’zlarim she’rga sol
30 июля 2014 г. - 4 +

Dil

Yomg`ir quydi tinmayin oqshom, Shahar jimjit ,chiroq mo`ltillar. Bulut suzdi, ko`kda beorom, Go`yo dardin aytmayin yig`lar. Meni o`ylar chulg`aydi shu dam, Ne azobdan qiynalar qalbim. Buncha sirli bo`lmasa olam, Hech odamzod tushunmas dardim. G`ashlik chulg`ar butun vujudim, Bo`y sunishni istamas yurak. Yemirilgan go`yo sovutim, Menga kerak ,beg`araz ko`mak. Nelardandir ezilar ko`ngil, Qalbim so`rar o`ziga sirdosh. Qo`y o`kinma, nozligim ,ey dil… Ertan albat chiqadi ,Quyosh!
30 июля 2014 г. - 3 +

Umr

Umrim kema misol daryoda, Lahza imkon bermay suzadi. Turfa oqim to’la har yoqda, Men behabar reja tuzadi. Qish keladi qahraton solib, Bardosh yetar bo’lsa qalb qaynoq. Umrim hazon kabi kuz kelib, Ba’zan chiqar yo’lda chin o’rtoq. Yoz taftida kuydirar borim, Bahor kelsa, gul to’la yo’lak. Xuddi bulbul aylagan zorim, Bahor taqqan sochga jamalak Bahor xuddi yoshlik timsoli, Xushbo’y, mayin ifor yeladi. Tinch daryoda kema misoli, Bahor bilan qolgim keladi!
Сообщить об ошибке Транслит